Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 76 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“KEKSALAR HAFTALIGI” KO’TARINKI RUHDA O’TMOQDA

×

 2022-10-04 15:40:21    194

PDF yuklash
Chop etish



Joriy yilning 3-9 oktyabr kunlari “Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish – xalqimizga xos ezgu fazilat” g‘oyasi ostida mamlakatimizning barcha hududlarida “Keksalar haftaligi” o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Jamiyatimizdagi keksa avlod vakillarini e’zozlash va qadrlash xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biridir. Doim e’tiborimizda bo‘lgan keksa avlod vakillaridan yana bir bor xabar olish, ularni ziyorat qilish maqsadida Qo‘shtepa tumanida qator tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.



Shunday tadbirlardan biri, bugun Kattaboltako‘l, Vatan, Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Nuroniy otaxonlar paxta dalasida” shiori ostida o‘tkazildi. Ko‘ngillilardan bo‘lib paxta-yig‘im terimida ishtirok etayotgan hasharchi nuroniylarga tushlik mahali osh damlanib xush kayfiyat ulashildi.

Xumdon mahallasida esa mahalla raisi va yoshlar nuroniylarning xonadonlariga tashrif buyurishib ularning xolidan xabar olishdi. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram