Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QARZI UCHUN “NEXIA 3” XATLANDI
2022-10-04 09:49:42 179
MIB Qo‘shtepa tumani bo‘limining xabar qilishicha, FIB Marg‘ilon tumanlararo sudining 2022 yil 25 avgustdagi ijro varaqasiga asosan “Murodil Nomonjon” MChJdan undiruvchi AT “Xalq banki” foydasiga 227.650.000 so‘m kredit qarzi undirish, undiruvni qo‘shimcha javobgar Y.E.ga
tegishli bo‘lgan “NEXIA 3” rusumli 2018 yilda ishlab chiqarilgan oq rangli, davlat raqam belgisi 40 N 244 SA bo‘lgan avtomashinaga qaratish belgilangan bo‘lib, qarzdorlik berilgan muddat ichida bartaraf etilmagan.
Olib borilgan ijro xarakatlari davomida 2022 yil 03 oktyabr kuni qo‘shimcha javobgar Y.E.ga tegishli bo‘lgan “NEXIA 3” rusumli 2018 yilda ishlab chiqarilgan rangi oq, davlat raqam belgisi 40 N 244 SA bo‘lgan avtomashina xatlanib jarima maydonchasiga olib kirildi.
Hozirda xatlangan avtomashinani sotish uchun autsion savdoga qo‘yish choralari ko‘rilmoqda.