Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
DAVRA SUHBATI: KORRUPTSIYAGA QARSHI BIRGA KURASHAMIZ!
2022-09-30 19:18:44 161
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tuman sudining raisi A.Ergashev tomonidan Langar, Qumtepa va boshqa mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi ijrosi” hamda “Chaqaloq savdosiga qarshi kurashish” faoliyatini yanada jonlantirish mavzularida shuningdek, Prezidentimizning 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli farmoni ijrosiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbati davomida JIB Qo‘shtepa tuman sudining raisi A.Ergashev tadbir ishtirokchilariga korruptsiya jinoyatini, odam savdosi jinoyatining bir ko‘rinishi bo‘lgan, biroq undanda xavfli va achinarli jinoyat chaqaloq savdosi ekanligini, jinoyat qonunchiligida bunday jinoyat uchun ham qat’iy jazo choralari belgilanganligini va bunday jinoyatlarga qarshi kurashish lozimligini aytib o‘tdi.
Bundan tashqari, yig‘ilganlarga respublikamizda yangi qabul qilingan farmon va qonunlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.