Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
DAVRA SUHBATI O’TKAZILDI
2022-09-30 19:14:14 165
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tuman sudining raisi A.Ergashev tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida “Korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi ijrosi” mavzusida hamda “Chaqaloq savdosiga qarshi kurashish” faoliyatini yanada jonlantirish mavzularida kelgusida bunday jinoyatlarni oldini olish yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir davomida JIB Qo‘shtepa tuman sudining raisi A.Ergashev tibbiyot birlashmasi xodimlariga odam savdosi jinoyatining bir ko‘rinishi bo‘lgan biroq, undanda xavfli va achinarli jinoyat chaqaloq savdosi ekanligini, jinoyat qonunchiligida bunday jinoyat uchun ham qat’iy jazo choralari belgilanganligini va bunday jinoyatlarga qarshi kurashish lozimligini aytib o‘tdi.
Bundan tashqari, yig‘ilganlarga respublikamizda yangi qabul qilingan farmon va qonunlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.