Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 41 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPADA USTOZLAR BAYRAMI KENG NISHONLANDI (FOTO)

×

 2022-09-30 16:12:56    91

PDF yuklash
Chop etish



Yurtimizning barcha joylarida bo‘lgani singari Qo‘shtepa tumanida ham 1 oktyabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni har qachongidan ham keng va fayzli nishonlanmoqda. Bugungi bayram dasturxoni tumandagi MTTda faoliyat olib borayotgan soha xodimlari uchun yozildi. Ushbu tadbir “O’qchi saroy” tantanalar saroyida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda sektor rahbarlari hamda mas’ul idoralarning rahbarlari ishtirok etishdi. Bayramni ushbu tizimda faoliyat yuritgan mehnat faxriylari va murabbiylar, o‘zlarining yutuqlari bilan turli tanlovlarda g‘olib chiqqan tarbiyachilar shodi-xurramlik bilan kutib oldilar. 

Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Ilyosbek Novikov yig‘ilganlarni bayram bilan muborakbod etar ekan, keyingi yillarda mamlakatimizda ushbu tizimga alohida e’tibor berilayotganligini, bundan soha xodimlari nihoyatda mamnun ekanligini alohida ta’kidladi. 

Shundan so‘ng bir guruh soha fidoiylariga faxriy yorliq, tashakkurnoma va bayram sovg‘alari topshirildi.

Tadbirning mazmunli o‘tishida tuman madaniyat bo‘limining xonandalari o‘z xissalarini qo‘shdilar. Bir so‘z bilan aytganda tumanda bo‘lib o‘tgan ustozlar bayrami har jihatdan fayzli va shukuhli o‘tganligi bilan ahamiyatlidir. Bayram tadbiri mehmonlarning dil so‘zlari hamda dilrabo kuy-qo‘shiqlari bilan ko‘tarinki ruhda davom etdi.























Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram