Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
ENG YAXSHI AXBOROT-KUTUBXONA MUTAXASSISI KO‘RIK TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI
2022-09-30 10:41:32 252
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tizimidagi axborot-kutubxona muassasalari o‘rtasida har yili o‘tkaziladigan “Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida o‘tkazilgan viloyat hamda tuman-shahar axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari “Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi” tanlovining viloyat bosqichida ishtirok etdilar.
Tanlovda Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi hamda tuman-shahar axborot-kutubxona markazlaridan 30 nafar mutaxasisslar ishtirok etdilar.
Juda qiziqarli va bahs-munozaraga boy bo‘lgan tanlov natijalariga ko‘ra Qo‘shtepa tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Odinaxon Nasriddinova 1-o‘rinni egallab, Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.