Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2023 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tuman hokimining bayram tabrigi

 2022-09-30 10:29:38    7

PDF yuklash
Chop etish


Dunyoda shunday kasb egalari borki, ularsiz hayotimizni tasavvur qilish qiyin. O‘qituvchilar esa hayotimiz charog‘bonlaridir. Kim bo‘lmaylik, qaysi sohada ishlamaylik, barchamizga muallimlar ta’lim va tarbiya berishgan. Shu insonlar borki, hayotimiz nurafshon, ertangi kunimiz — farzandlarimizdan ko‘nglimiz to‘q.

Aziz ustozlar, moʻtabar murabbiylar!

Avvalo, siz, azizlarni, ta’lim-tarbiya sohasining barcha jonkuyar xodimlarini umumxalq bayrami – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Ushbu qutlug‘ ayyomda siz, zahmatkash ustozlarga ko‘nglimizda, yuragimizda bo‘lgan yuksak hurmat-ehtirom va ezgu tilaklarni so‘z bilan to‘liq ifoda etish qiyin, albatta. Chunki sizlar dunyodagi eng bebaho boylik va boqiy merosni yaratish, uni xalqimizga, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizga bezavol yetkazish yo‘lida chinakam fidoyilik ko‘rsatib mehnat qilayotgan ulug‘ insonlarsiz.

Shu bois bugun sizlarning sha’ningizga bildirayotgan olijanob istaklarimiz, ta’zim va tashakkurlarimizni sizlarga bo‘lgan cheksiz hurmat va ehtirom sifatida qabul etgaysiz.

Buyuk Istiqlolimizning har bir yili xalqimiz hayotida ulkan yutuqlar bi¬lan muhrlanmoqda. Farzandlarimizning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallayotgani, mustaqil fikrlaydigan, Vatan taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir insonlar bo‘lib voyaga yetayotganidan faxrlanamiz.

Buning zamirida shubhasiz, o‘qituvchilar va murabbiylarning mashaqqatli mehnati, samarali xizmatlari mujassamdir.

Ustozlarni ulug‘lash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimizning aza¬liy qadriyatlaridan hisoblanadi.

Davlatimiz rahbarining tashab¬buslari bilan o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularni har jihatdan rag‘batlantirish borasidagi ezgu ishlar davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

Amalga oshirilayotgan ishlarimizning barchasi bir maqsadga – ta’lim-tarbiya sifatini yuqori darajaga ko‘tarib, o‘quvchilarimizning kelajagini ta’minlashga qaratilgan.

Sizlarga ma’lumki mustaqillik yillarida yurtimizda sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish yo‘lida amalga oshirilgan ulkan va xayrli ishlar bugungi kunda mamlakatimizni jadal taraqqiy toptirish, boshqalar havas qilayotgan yuksak marralarga erishishda hal qiluvchi omilga aylanmoqda.

Yurtimizda ta’lim sohasida o‘quv muassasalari qurish, rekonsruksiya qilish va kapital ta’mirlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xususan, tumanimizdagi 3, 15, 20, 48-maktablarda “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilib, mahalliy byudjetdan 13 mlrd 9 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, ularga zamonaviy qiyofa bag‘ishlandi.

Eng quvonarlisi esa bugungi kunda barcha shart-sharoitlarga ega bo‘lgan 3 va 15 sonli umumta’lim maktablarida investisiya Davlat dasturi doirasida jami 10.1 mlrd. so‘m mablag‘ hisobiga rekonstruksiya ishlari olib borilib, qo‘shimcha 476 o‘rinli bino qurilish ishlari hamda 12x24 o‘lchamli sport zali yangi o‘quv yiliga bitkazilib foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 15 martdagi 40-sonli rayosat yig‘ilishi bayoni yuzasidan maktab filiallarni qayta qurish va ta’mirlash bo‘yicha loyihasiga asosan 18 va 24-umumta’lim maktablarining filiallarida 3.2 mlrd. so‘m mablag‘ hisobiga rekonstruksiya asosida 240 o‘rinli o‘quv binolari qurish ishlari yakunlanmoqda. 

Ushbu barcha tadbirlar kelajak avlodimizni kamoloti uchun mo‘ljallangani hammamizni quvontiradi.

O‘ylaymanki davlatimiz tomonidan berilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik yangi o‘quv yilida hurmatli ustozlarimizning ta’lim mazmuni va samaradorligiga alohida e’tibor berishga da’vat etadi.

Hurmatli ustoz va murabbiylar!

Bugungi bayram barchangizga muborak bo‘lsin. Kelajakda Vatanimiz ravnaqi, el-yurtimiz shon-shuhratini dunyoga taratuvchi komil insonlarni tarbiyalashda kuch-quvvat, sihat-salomatlik tilayman. Doimo sog‘ bo‘linglar!

Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin aziz ustozlar!

Ilyosbek NOVIKOV,

Qo‘shtepa tumani hokimi.