Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MUXABBATXON MAMAJONOVA II DARAJALI «SOG‘LOM AVLOD UCHUN» ORDENI BILAN MUKOFOTLANDI
2022-09-29 10:21:58 174
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq Qo‘shtepa tumanidagi 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Mamajonova Muxabbatxon Maxkamovna II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan mukofotlandi.
Muxabbatxon Mamajonovaga orden Mamlakatimizda ta’lim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, sohaga doir islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, o‘quv-tarbiya jarayoniga milliy va ilg‘or xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, o‘quvchilarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, Yangi O’zbekistonni bunyod etish va Uchinchi Renessans poydevorini yaratish yo‘lidagi katta xizmatlari, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni ona Vatanga mehr va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun berildi.