Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MODDIY YORDAM VA KO‘MAKKA MUHTOJ 204 TA OILANING FARZANDLARIGA MAKTAB FORMASI UCHUN BIR MARTALIK MODDIY YORDAM KO‘RSATILDI
2022-09-28 19:22:12 190
#Inson_qadri_uchun
Mamlakatimizda aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning farzandlarini kiyim-bosh to‘plamlari, maktab formasi va o‘quv qurollari bilan ta’minlash masalasi bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri sanaladi.
Bugun Qo‘shtepa tumanida istiqomat qilayotgan moddiy yordam va ko‘makka muhtoj 204 ta oilaning farzandlariga maktab formasi uchun bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi.
Tuman Madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda yordam pullari tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari ishtirokida topshirildi.
Bo‘lib o‘tgan tadbirda moddiy yordam berilgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari bunday e’tibor uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdilar.