Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
PAXTAZORDA ISH QIZG‘IN, ILG‘OR TERIMCHILAR ESA MUNOSIB RAG‘BATLANTIRILMOQDA
2022-09-28 13:05:51 175
“Paxta-2022”
Ayni kunlarda yurtimiz dalalarida paxta yig‘im-terim mavsumi avj pallaga kirib bormoqda. Ming mashaqqat bilan yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmay yig‘ib olish maqsadida terimchilar, ko‘ngilli hasharchilar astoydil bel bog‘lab mehnat qilishmoqda. Qo‘shtepa tumanida ham paxtakorlar hosilini yig‘ib-terib olish ishlarini jadal sur’atda olib borishmoqda.
Fermer xo‘jaligida chigitni yerga qadab, bugungi kunda paxtani nest-nobud qilmasdan saranjomlab olishda o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan ilg‘or terimchilar va hasharchilar munosib rag‘batlantirib borilmoqda. Shuningdek, ularni ko‘ngilli dam olishlari uchun tuman madaniyat bo‘limi tomonidan kontsert dasturlari ham tashkil etilmoqda.
3-sektor hududidagi “Feruzbek nurli zamin” fermer xo‘jaligida paxta mavsumida 70 nafardan ziyod uyushmagan aholi vakillari qatnashib, davlatimiz xirmoniga kuniga 10-11 tonnadan ziyod paxta terib topshirishmoqda. Ushbu fermer xo‘jaligida mavsumda faol qatnashib kelayotgan ilg‘or terimchilarga tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i T.Kenjayev, Garmdon MFY raisi A.Abdusalomov hamda fermer xo‘jaligi rahbari S.Tojiboyevlar tomonidan esdalik sovg‘alari ulashildi.