Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
– BU HUNAR BIZGA SABRLI BO‘LISHNI VA MILLIY QADRIYATLARINIMIZNI SAQLANIB QOLISHINI O‘RGATADI – DEYDI RUSTAMJON QODIROV
2022-09-26 14:29:39 200
Qo‘shtepa tumanining Qiyqi mahallasida yashovchi Qodirovlar oilasi hunarmandlardan bo‘lib, yillar davomida do‘ppichilik bilan shug‘ullanib kelishmoqda. “Bir yigitga qirq hunar oz” deganlaridek, Rustamjon Qodirov ham sulolaladagi do‘ppichilikni davom ettirib kelmoqda. Ular oilaviy turmush o‘rtog‘i Gavxaroy va o‘g‘li Abrorjonlar bilan uy sharoitida turli xildagi ayollar hamda erkaklar do‘ppisini tayyorlashadi.
– Bu hunarning sirlarini buvam Xosiyatxon ayadan o‘rganganman – deydi Rustamjon Qodirov. – Hamma kasbni qiyinchiligi bo‘lganidek, do‘ppichilikni ham o‘ziga yarasha qiyinchiligi bor. Eng avvalo ishga mehr qo‘yish kerak, har bir detalga alohida e’tibor qaratib tikish zarur. Bu hunar bizga sabrli bo‘lishni va milliy qadriyatlarinimizni saqlanib qolishini o‘rgatadi.
Rustamjon o‘z hunarini sevgan insonlardan. Mana bir necha yildirki, u tikuv mashinasida erkak do‘ppilarini tikadi. Bu jarayonlar ham bosqichma-bosqich bajarilib, eng oxiri qo‘l mehnati bilan yakun topadi. Dastlab do‘ppilarga tikuv mashinasida shakl beriladi, undan so‘ng qo‘lda yopishtirish ishlari olib boriladi.
10 nafar kasanachi ayollar bilan hamkorlik qilayotgan Qodirovlar mavsumga qarab do‘ppi tayyorlashadi. Masalan qizlarning “Iroqi” do‘ppilari fevral-may oylarida tayyorlansa, erkaklarning do‘ppilariga hayit bayramlarida talab oshadi. Hunarmadlar oilasi tomonidan tayyorlanayotgan do‘ppilar yurtimiz bo‘lab bozorlarda sotilmoqda.