Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
NURONIYLAR HASHARDA
2022-09-24 22:01:00 168
Ayni kunlarda diyorimiz bo‘ylab dalalarda paxta terimi qizg‘in tus olgan. Shuning uchun ham hozirda har bir bo‘sh vaqt topgan odamning o‘rni dalada bo‘lishligi kerak. Kimdir o‘zining mehnati bilan, kimdir rag‘bati bilan, yana kimdir esa duoi-xayri bilan oppoq xirmonga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Shu kunlardan unumli foydalanayotgan tumanimizdagi nuroniylar ham bugun "Said Ibroxim ota" fermer xo‘jaligi dalalarida bo‘lishib, paxta terimida faol qatnashdilar.