Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
ILG‘OR TERIMCHILAR VA HASHARCHILAR MUNOSIB RAG‘BATLANTIRILMOQDA
2022-09-21 15:00:54 198
Milliy boyligimiz bo‘lgan “oq oltin”ni dalalardan yig‘ib-terib olish uchun terimchilar, ko‘ngilli hasharchilar astoydil bel bog‘lab mehnat qilishmoqda. Ayni vaqtda dalalarda ish qizg‘in. Terimchilar bor hosilni so‘nggi misqoligacha yig‘ishtirib olishga astoydil bel bog‘lashgan. Terim sur’atini oshirishda, terimchilarga kuch-g‘ayrat bag‘ishlashda, ayniqsa, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishga qaratilgan tadbirlarning tashkil etilayotgani qo‘l kelayotir.
Bugun “Hayotjon Ismoiljon” fermer xo‘jaligida terimchi va hasharchilar ishtirokida “Hormang aziz paxtakorlar” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi I.Novikov, viloyat bosh otinoyisi H.Komilova, viloyat targ‘ibot guruhi rahbari S.Nabiyevalar ishtirok etishib, faol terimchi va hasharchilarga esdalik sovg‘alarini topshirishdi.