Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HUNARMAND AYOLLAR SAFI TOBORA OSHIB BORMOQDA
2022-09-21 13:34:58 325
Qo‘shtepa tumanining Ko‘prik boshi mahallasida yashovchi Nilufarxon G’oziyeva o‘z uyida a’lo baxmal to‘qish va kashta yostiqlar tikishni yo‘lga qo‘ydi. Ustoz-shogird an’analarini davom ettirayotgan hunarmad ayol bir necha yildirki mahalladagi ishsiz ayollarga ushbu hunarning sir-asrorlarini o‘rgatib kelmoqda.
– Har doim uyim shogirdlarim bilan gavjum, – deydi Nilufarxon. – Shu vaqtga qadar mendan va qizlarimdan ish o‘rgangan yuzlab xotin-qizlar baxmal to‘qish va kashtachilikni mukammal o‘rganib, ko‘plari mustaqil biznes boshlashdi. Hozirgi kunda ham shogirdlarim yonimda turib hunar o‘rganmoqda.
Hunarmand ayol o‘z uyiga o‘rnatilgan dastgohlarda uch nafar shogirdi bilan baxmal to‘qiydi. Qolaversa, hunar o‘rganish istagida bo‘lgan hamqishloqlari uchun uning eshigi doim ochiq. Ipakdan to‘qilgan a’lo baxmalning 1 metri uchun 150 ming so‘mgacha haq to‘lanadi.
Bundan tashqari Nilufarxon G’oziyeva kasanachilik asosida kashta tikishni ham yo‘lga qo‘ydi. Ayni kunlarda mahalladagi 10 nafar shogirdlari bilan birga yostiq tikishmoqda. Tuman hunarmandlar markazi tomonidan ularga maxsulotning xom ashyosi yetkazib beriladi va yana o‘zlari tomonidan xarid qilinadi. Hozirda tumanimizdagi kasanachi ayollar tomonidan tayyorlagan kashta yostiqlar Turkiya va boshqa davlatlarga eksport qilinmoqda.
– Qo‘l mehnatimiz va ko‘z nurimiz evaziga tikilayotgan yostiqlarga xorijda talab katta – deydi “Hunarmand” uyushmasi Qo‘shtepa tuman bo‘limi a’zosi Nilufarxon G’oziyeva.
Darhaqiqat, toza ipakdan tikuvchilarimizning qalb qo‘ri qo‘shib tikilgan 60x80 xajmdagi kashta yostiqlarning har biri uchun 80 ming so‘mdan haq to‘lanadi. Yostiq tikish ishlari ayniqsa uyda o‘tirgan ayollar uchun qo‘l kelmoqda. Chunki ular uy yumushlaridan bo‘shaganlarida kashata tikib daromad olishadi. Aytishlaricha, astoydil igna ipni ushlagan ayollarimiz bir kunda bir dona yostiqni tikib bitirishlari mumkin ekan.