Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FUQAROLAR QABULI – XALQ BILAN OCHIQ MULOQOT
2022-09-20 16:28:57 189
Xalq bilan ochiq muloqotni muntazam yo‘lga qo‘ygan Qo‘shtepa tumani hokimi I.Novikov haftaning seshanba kunlari tuman Xalq qabulxonasida o‘zining fuqarolar qabulini o‘tkazib kelmoqda.
Bugun bo‘lib o‘tgan navbatdagi qabulda hokim o‘rinbosarlari hamda tumandagi idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Qabul chog‘ida tuman hokimi tomonidan fuqarolarning murojaatlari birma-bir tinglandi. Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda uy-joy, moddiy yordam, bandlik bilan bog‘liq va shu kabi boshqa masalalarga oid 30 dan ziyod murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Qabul davomida barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, yechimi oson bo‘lgan murojaatlar joyida hal etildi va ayrim murojaatlar huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qoniqtirildi. Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.