Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
ILG‘OR TERIMCHILAR MUNOSIB RAG‘BATLANTIRILMOQDA (FOTO)
2022-09-17 14:02:48 172
Milliy boyligimiz bo‘lgan “oq oltin”ni dalalardan yig‘ib-terib olish uchun terimchilar, ko‘ngilli hasharchilar astoydil bel bog‘lab mehnat qilishmoqda. Ayni vaqtda dalalarda ish qizg‘in. Terimchilar bor hosilni so‘nggi misqoligacha yig‘ishtirib olishga astoydil bel bog‘lashgan. Terim sur’atini oshirishda, terimchilarga kuch-g‘ayrat bag‘ishlashda, ayniqsa, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishga qaratilgan tadbirlarning tashkil etilayotgani qo‘l kelayotir.
Qo‘shtepa tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Olimova “Qorajiyda” MMTPga qarashli “Tursunali obod”, “Umid fayz”, “Olmazorlik Ilhomjon mirishkori” nomli fermer xo‘jaliklari dalasida bo‘lib, terim jarayonida ishtirok etayotgan terimchilar, uyushmagan aholidan tashkil topgan hasharchilar bilan suhbat o‘tkazib, yaratilgan sharoitlar va qulayliklar bilan tanishdi.
Shundan so‘ng, ilg‘or terimchilarga tuman hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.