Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
17 SENTYABR – BUTUNJAHON TОZALIK KUNI! YURTIMIZ OZODALIGIGA HAR BIRIMIZ MAS’ULMIZ!
2022-09-17 10:26:36 190
Butunjahon tozalik kuni — bu insoniyat o‘zi yashab turgan hududda tozalikni o‘rnatish g‘oyasini ifoda etadi. G’oya dastavval 2008 yil Estoniyada vujudga kelib, 50 000 ko‘ngillilar mamlakatni chiqindilardan xoli etish uchun birlashdilar. Bugungi kunga kelib mazkur kun ko‘ngillilarning bir kun davomida 180 dan ortiq mamlakatni bir maqsad sari birlashtiruvchi yirik ijtimoiy harakati ifodasini topgan jarayonga aylandi. Ushbu sanaga bag‘ishlangan tadbirlar O’zbekistonda ilk bor 2019 yilda o‘tkazildi.
Bugun, yurtimizda 17 sentyabr – Butunjahon tozalik kuni sifatida nishonlanib, millionlab ko‘ngillilarni yana birlashtirdi.
Shu munosabat bilan erta tongdan Qo‘shtepa tumani hokimligi, tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi, tuman obodonlashtirish boshqarmasi, “Vodiy maxsus sanitar trans” MChJ hamkorligida ekologik aktsiya tashkil etildi.
Ekoaktsiyada atrof-muhitni muhofaza qilish, ko‘cha va xiyobonlar, aholi turar-joylari, mahalla va guzarlarni obodonlashtirishga hissa qo‘shish istagidagi barcha yoshdagi ko‘ngillilar ishtirok etishmoqda.
Aslini olganda tozalikni ta’minlash har birimizning fuqarolik burchimizdir. Shunday ekan, bu kabi amallar nafaqat, yilning aynan bir kunida, balki har kuni bajarilishi lozim. Shundagina biz yashayotgan sayyorada tozalik, ozodalik, pokizalik hukm suradi.
Aktsiya tumanimiz bo‘ylab, davom etmoqda.