Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
PAXTAZORDA ISH QIZG‘IN, ILG‘OR TERIMCHILAR ESA MUNOSIB RAG‘BATLANTIRILMOQDA (FOTO)
2022-09-16 17:21:24 175
Ayni kunlarda yurtimiz dalalarida paxta yig‘im-terim mavsumi avj pallaga kirib bormoqda. Ming mashaqqat bilan yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmay yig‘ib olish maqsadida terimchilar, ko‘ngilli hasharchilar astoydil bel bog‘lab mehnat qilishmoqda.
Qo‘shtepa tumanida ham paxtakorlar paxta hosilini yig‘ib olish ishlarini jadal sur’atda olib borishmoqda.
Qo‘shtepa tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Olimova “Garmdon Paxtakor baxt” MMTPga qarashli “Xondamir Sa’dullo”, “Amirali buva”, “Nisbatillo Maxkamov” nomli fermer xo‘jaliklari dalasida bo‘lib, terim jarayonida ishtirok etayotgan terimchilar, uyushmagan aholidan tashkil topgan hasharchilar bilan suhbat o‘tkazib, yaratilgan sharoitlar va qulayliklar bilan tanishdi.
Shundan so‘ng, Qo‘shtepa tumani hokimi o‘rinbosarlari D.Olimova va D.Kamoleddinovlar tomonidan faol terimchilarga tuman hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.