Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“IMKONIMSAN, BARKAMOL AVLOD” SHIORI OSTIDA “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” O‘TKAZILDI
2022-09-16 09:34:16 258
O’quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda maktabdan tashqari ta’limni yuqori bosqichga olib chiqish “Barkamol avlod” bolalar maktablarining eng ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
Shu munosabat bilan Qo‘shtepa tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Imkonimsan, Barkamol avlod” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda to‘garak a’zolarining mahoratlari bilan tayyorlangan ijodiy ishlar ko‘rgazmasi namoyish etildi.
Ko‘rgazma doirasida kontsert dasturi ham tashkil etilib, barchaga quvnoq kayfiyat ulashildi.