Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

VILOYAT HOKIMI QO‘SHTEPADA SAYYOR QABUL O‘TKAZDI

×

 2022-09-16 08:42:12    144

PDF yuklash
Chop etish



Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Qo‘shtepa tumanida sayyor fuqarolar qabuli o‘tkazdi. Tumanning G’ishtmon MFY hududidagi Madaniyat markazida o‘tkazilgan qabulda viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov hamda viloyat IIB boshlig‘i Muhiddin Jo‘rayev ishtirok etdilar.

Qabul chog‘ida viloyatning shahar va tumanlaridan viloyat hokimining shaxsiy qabulini so‘rab murojaat qilgan 50 nafardan ziyod fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Uy-joy sharoitini yaxshilash, tibbiy xizmat, tadbirkorlik uchun bank krediti olish, kredit to‘lovi muddatlarini uzaytirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kommunal ta’minot, moddiy yordam, bandlik va boshqa masalalarda fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlarning aksariyat qismi qabul jarayonida qanoatlantirildi. Qabul chog‘ida uch nafar murojaatchi fuqaroga nogironlik aravachalari ham topshirildi.

Echimi qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlarni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Farg‘ona viloyat hokimligi Axborot xizmati.













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram