Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT

×

 2022-09-16 08:27:04    71

PDF yuklash
Chop etish



Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘shtepa tumani Baland masjid MFY Norin ko‘chasidan yuborilgan tanqidiy murojaat e’lon qilingan edi.

Ushbu murojaatda: – “Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Baland masjid MFY Norin ko‘chasidan murojaat yo‘llayapmiz. Ko‘chamiz ta’mirtalab. 1 va 2-sektorga yo‘l ta’miri uchun Jahon banki mablag‘ ajratibdi. Bizning ko‘chamizni ham asfalt qilib berishlarini so‘raymiz”  – deya xabar qilingan. 

Baland masjid mahalla fuqarolar yig‘ini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 noyabrdagi PQ-4898-sonli qaroriga asosan Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” dasturiga kiritilgan. Jahon Banki mutaxassislari tomonidan aholi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar natijasida birinchi subloyiha etib toza ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari tanlangan. Hozirda ichimlik suvi tarmog‘ini tortish bo‘yicha loyiha smeta xujjatlari tayyorlanmoqda. Baland masjid MFY aholisining fikriga asosan ikkinchi subloyiha etib ichki xo‘jalik yo‘llarini asfaltlashtirish ishlari tanlangan. Shuning uchun ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari yakunlangandan so‘ng, mahallada asfaltlashtirish ishlari bajarilishi rejalashtirilganligini ma’lum qilamiz.

 Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram