Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 157 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI O‘QUVCHILARI O‘RTASIDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI O‘TKAZILDI

×

 2022-09-14 15:05:05    342

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanidagi “Madaniyat markazida” o‘quvchi-yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, bilim va dunyoqarashini kengaytirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish maqsadida tuman Xalq ta’limi bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi, O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi tuman Kengashi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi va “Zakovat intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida ta’lim muassasasi o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.



Tadbirda tuman hokimi I.Novikov ishtirok etib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi. 

O’yinda 49 ta jamoalardan iborat yosh bilimdonlar o‘zaro bahslashdi.










Qiziqarli va murosasiz bahslar asosida o‘tgan “Zakovat” o‘yini yakuniy natijalariga ko‘ra, tumanimizdagi 19-maktab jamoasi 1-o‘rinni, 8-maktab jamoasi 2-o‘rinni hamda 18-maktab jamoasi 3-o‘rinni egallab g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

“Zakovat”ning g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram