Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 104 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QIRG‘IZISTON DELEGATSIYASI A’ZOLARI QO‘SHTEPA TUMANIDAGI “PO‘LATXON ISXAK-XASAN O‘G‘LI” ZIYORATGOHIDA BO‘LISHDI

×

 2022-09-13 14:46:11    272

PDF yuklash
Chop etish



Xabaringiz bor Qirg‘iziston Respublikasi Batken viloyati delegatsiyasi Farg‘ona viloyatida tarixiy maskanlar va milliy hunarmandchiligimiz bilan tanishishmoqdalar. Bugun Qirg‘iziston Respublikasining Batkent viloyati va Qadamjoy tumani hokimligi vakillari, tarixchilar, turli sohada faoliyat yuritgan va yuritayotgan nuroniylardan tashkil topgan delegatsiyasi a’zolari, shuningdek, Farg‘ona viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedovlar Qo‘shtepa tumanida bo‘ldilar.

Mehmonlarni tuman hokimi I.Novikov va hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilotlarning rahbarlari, mahalla nuroniylari hamda tumanda yashayotgan qirg‘iz millati vakillari kutib olishdi.

Qirg‘iziston delegatsiyasi a’zolari “Eshonguzar” mahallasidagi “Po‘latxon Isxak-Xasan o‘g‘li” ziyoratgohida bo‘lishdi. Qirg‘iz xalqining taniqli olimlaridan biri bo‘lgan Po‘latxon Isxak-Xasan o‘g‘li haqida yig‘ilganlarga ma’lumotlar berildi.   









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram