Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT

×

 2022-09-13 13:31:58    85

PDF yuklash
Chop etish


“Human.uz” rasmiy kanalida – “Qo‘shtepa tumanida davlat dasturiga kiritilgan loyiha nega amalga oshirilmayapti?” sarlavhali tanqidiy murojaat e’lon qilingan edi.

Ushbu murojaatda: – “Tahririyatimizga Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanidagi “Shakar” mahallasidan murojaat kelib tushgan. Unda aytilishicha,  mahalladagi  “Musaffo” ko‘chasida elektr toki pastligi tufayli davlat dasturida joriy yilda 301-son transformatorga qo‘shimcha tarzda yana bir transformator o‘rnatilishi belgilangan.

Muammo shundaki, loyiha chizilgan, biroq amaliy ish hamon boshlanmagan. Mazkur hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar mutasaddilardan shu loyihani amalga oshirishni nazoratga olishlarini so‘ramoqda.

“Bu loyiha ham 2018 yildan beri bajarilmayotgan mahalladagi 299-son transformatordan chiqqan tarmoqni yangilash ishiga  o‘xshab, qolib ketmasin”, — deyiladi murojaatda.”  – deya xabar qilingan. 

Ushbu murojaatda ko‘rsatilgan “Shakar” MFY Musaffo ko‘chasi elektr ta’minoti PS “Joybozor” 110/6 kVdan chiquvchi “To‘lqin” 6 kV uzatmasidagi TP-301/160 kVAdan ta’minlanadi. TP-301 2020 yilda mukammal va 2022 yilda joriy ta’mirlangan. Hozirda texnik soz xolatda ishlamoqda.

Musaffo ko‘chasidagi iste’molchilarning 2021 yil boshidagi murojaatiga asosan (murojaatda ko‘chada elektr tayanchlari yo‘qligi, qo‘shni xonadonlar tomidan ulangani uchun tayanchlar o‘rnatib berish so‘ralgan) ushbu ko‘chadagi nostandart tayanchlar o‘rniga “Farg‘ona XETK” AJdan 10 dona temir beton tayanchlar olib kelib, Musaffo ko‘chasiga o‘rnatilib, 0.4 kV elektr uzatish liniyasi tortib berilgan.

2022 yil elektr qurilmalarni rekonstruktsiya, modernizatsiya qilish va yangi qurish dasturiga TP-301ga qo‘shimcha transformator punkti qurish kiritilib, loyiha smeta xujjatlari tayyorlangan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 mart kungi “PQ-172 sonli “Obod qishloq va Obod mahalla” dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Langar va Yangiariq MFYlari hududlarida 5 dona TP va 9 km 10-0.4 kV kuchlanishli yangi elektr uzatish tarmog‘i qurish ishlari yakunlanmoqda. “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan ob’ektlarda qurilish ishlari yakunlangandan so‘ng, loyihasi tayyorlangan ob’ektlarda qurilish ishlari boshlanishini ma’lum qilamiz.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram