Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YIG‘ILISH TANQIDIY VA TAHLILIY TARZDA O‘TDI

×

 2022-09-06 20:54:00    87

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimligining majlislar zalida joriy yilning yanvar-avgust oylari davomida o‘tkazilgan “Sektor rahbari va yoshlar uchrashuvlari” jarayonida kelib tushgan murojaatlar tahlili hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilarining 8 oylik faoliyatlari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.






Unda tuman hokimi I.Novikov hamda sektor rahbarlari, DXX Marg‘ilon shahar bo‘limi boshlig‘i O.Farmonov, tuman hokimining o‘rinbosari A.Yusupov, shuningdek, yoshlar masalalariga taalluqli bo‘lgan tashkilot va korxona rahbarlari, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limining mas’ul xodimlari hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.




Yig‘ilishda dastlab Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Sh.Raxmonberdiyevning “Qo‘shtepa tumanida 2022 yil yanvar-avgust oylari davomida o‘tkazilgan “Sektor rahbari va yoshlar uchrashuvlari” to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

– “Sektor rahbari va yoshlar uchrashuvlari”ni tashkil etish bo‘yicha reja-grafik tasdiqlangan bo‘lib, jami bugungi kunga qadar

118 marotaba sektor rahbarlari tomonidan yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi – deydi Sh.Raxmonberdiyev o‘z axborotida. – Uchrashuvlarda yoshlar tomonidan 984 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan, 648 ta murojaatlar qanoatlantirilgan, 235 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berilgan, 64 ta murojaatlar ko‘rib chiqish jarayonida.

Sh.Raxmonberdiyev o‘z axborotida 2022 yilning yanvar-avgust oylari davomida o‘tkazilgan “Sektor rahbari va yoshlar uchrashuvlari”da kelib tushgan murojaatlarni sektorlar kesimida tahlil qildi.






Yig‘ilish davomida tuman hokimi I.Novikov, tuman prokurori F.Ismoilov, tuman IIB boshlig‘i Sh.Mavlonov, DXX Marg‘ilon shahar bo‘limi boshlig‘i O.Farmonovlar ham yuqoridagi masala yuzasidan o‘zlarining tahliliy-tanqidiy fikrlarini bildirib o‘tishdi. Ko‘rilgan barcha masalalar atroflicha muhokama qilinib, kulgusidagi vazifalar belgilab olindi.






Shuningdek, yig‘ilishda hamkasblariga o‘rnak bo‘lib faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilarining 8 oylik faoliyatlari e’tirof etildi. Jumladan, Qiyqi MFY yoshlar yetakchisi M.Mamajonov, Nurafshon MFY yoshlar yetakchisi Sh.Ravshanov, Vatan MFY yoshlar yetakchisi U.Ma’mirova, Paxtakor MFY yoshlar yetakchisi S.Nizomov hamda Istiqlol MFY yoshlar yetakchisi A.Usmonovlarga tuman hokimining “Tashakkurnomasi” sektor rahbarlari va DXX Marg‘ilon shahar bo‘limi boshlig‘i O.Farmonovlar ishtirokida topshirildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram