Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN HOKIMI ISHTIROKIDA FUQAROLAR QABULI BO‘LIB O‘TDI
2022-09-06 14:10:36 187
Bugun Qo‘shtepa tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Ilyosbek Novikov ishtirokida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Tuman hokimi o‘rinbosarlari, idora va tashkilotlar rahbarlari qatnashgan qabulda 30 nafardan ziyod fuqarolarning bandlik, bank krediti olish, uy-joy, moddiy yordam, subsidiyalar ajratish, tibbiy xizmatlar va yana bir qator masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglandi.
Murojaatlarning bir qismi qabul chog‘ida o‘z yechimini topdi. Ayrim fuqarolarning murojaatlari mas’ul idoralarga qo‘shimcha o‘rganish uchun yo‘naltirildi, ijrosi nazoratga olindi. Qonuniy jihatdan yechim topish imkoni bo‘lmagan murojaatlar bo‘yicha ham fuqarolarga tegishli tartibda yo‘nalishlar, tushuntirishlar berildi.