Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TANISHTIRUV
2022-09-06 08:04:30 167
Kenjayev Turdali Mamirovich Qo‘shtepa tumani mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Turdali Kenjayev 1983 yilda Qo‘shtepa tumanida tug‘ilgan. 2006 yili Qo‘qon davlat pedagogika institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2003 yilda Oxunboboyev tumani Biznes maktabida o‘qituvchilikdan boshlagan. Faoliyati davomida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Marg‘ilon bank kollejida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Marg‘ilon bank kolleji Jismoniy tarbiya rahbari, Qo‘shtepa tumani Xalq ta’limi bo‘limining amaliy fanlar metodisti hamda tumandagi 39-umumiy o‘rta-ta’lim maktabida manaviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Tayinlovga qadar Qo‘shtepa tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 18-umumiy o‘rta-ta’lim maktabida direktor lavozimida faoliyat olib borgan.
Oilali, turmush o‘rtog‘i – Qo‘shtepa tumanidagi 18-maktabda o‘qituvchi, bir nafar farzandi bor.