Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SUV TA’MINOTI TIZIMI TUBDAN YAXSHILANMOQDA
2022-09-05 14:13:21 213
Yurtimizda mustaqillik yillarida aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash borasida amaliy ishlar amalga oshirildi. Jumladan dasturlar va loyihalar asosida qishloq joylarida ham suv ta’minoti sezilarli darajada yaxshilandi. Qo‘shtepa tumanida ham “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida bir qator ishlar olib borilyapti.
Xususan, Xumdon mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Nurafshon ko‘chasida ham ayni damdan jadal suratda ishlar tashkil etildi. Ushbu ko‘chada yashovchi aholi xonadonlarida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maksadida Farg‘ona suv ta’minoti MChJ Qo‘shtepa tuman bo‘limi tomonidan berilgan d-63 mmli 350 metr tarmoq tortish ishlari mahalla bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.