Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
BILIMLARGA CHORLOV QO‘NG‘IROG‘I YANGRADI
2022-09-05 12:58:37 202
Ilmga intilish zavqi – bu zavq shu qadar yuksakki, u insonni komillik sari bilim pillapoyalaridan ma’rifat cho‘qqisiga olib chiqadi. Bugun Qo‘shtepa tumanidagi 37-umumta’lim maktabida birinchi qo‘ng‘iroq tadbirlari hamda mustaqillik darslari bo‘lib o‘tdi. Joriy yil maktabga 51 nafar o‘quvchi qabul qilinib, ularga olqishlar sadolari ostida Prezident sovg‘alari topshirildi.
Bayram tadbiri davomida maktabning iqtidorli o‘quvchilari tomonidan kuy- qo‘shiqlar, she’r va raqslar ijro etildi. Jaranglagan birinchi qo‘ng‘iroq esa yuraklarga hayajon, quvonch soldi. Bu qo‘ng‘iroq – bilimlarga chorlov qo‘ng‘irog‘i bo‘ldi.