Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 74 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUSTAQILLIK BAYRAMIGA MUNOSIB TUHFA (FOTO)

×

 2022-08-31 21:11:15    160

PDF yuklash
Chop etish



Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz

Dillarda bayram shukuhi

Bugun, hududlarda mamlakatimiz mustaqilligining 31 yillik bayrami munosabati bilan tibbiyot muassasalarini foydalanishga topshirish marosimlari ham tantanali ravishda bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, mutasaddi idoralarning rahbarlari, shuningdek, mahallalardagi nuroniylar va faollar ishtirok etishdi.






Dastlabki tadbir Shomirza mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tdi. Qo‘shtepa tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli O’zbekiston shifokor xizmat uyi binosiga “Ochiq byudjet” mablag‘laridan 200 mln. so‘m mablag‘ ajratilib, to‘liq ta’mirdan chiqarildi va tibbiy jixozlar bilan ta’minlanib ish faoliyatini boshladi. Bayram arafasida ta’mirlash ishlarining yakunlanishi mahalla ahli uchun chinakam tuhfa bo‘ldi.










O’zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari ijrosini amalda ta’minlash maqsadida Qo‘shtepa tumanining olis va chekka hududlarida yashovchi aholiga tibbiyot punktlarini yaqinlashtirish maqsadida 4 ta tibbiy konteynerlar, 113 mln so‘m mahalliy byudjet mablag‘lari hisobiga Xumdon MFY, Qumtepa MFY, Yangihayot va Istiqbol MFY hududida o‘rnatish rejalashtirilgan edi. Hozirda bu tibbiy konteynerlar to‘liq ta’mirdan chiqarilib, tibbiy jihozlar bilan ta’minlanib, foydalanishga topshirildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram