Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPADA MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI YANA KO‘PAYDI (FOTO)

×

 2022-08-31 20:32:20    105

PDF yuklash
Chop etish



Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz

Dillarda bayram shukuhi

Qo‘shtepa tumanida bugungi kunda 39 ta davlat, 4 ta davlat xususiy sherikchilik, 2 ta xususiy nodavlat va 120 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat ko‘rsatib, tumandagi jami 15919 nafar maktabgacha ta’lim yoshidagi 3-7 yoshli bolalarning 12700 nafarini, ya’ni 80% bolalarni qamrab olgan.

O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan “Yangi O’zbekistonda el aziz inson aziz” shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbirlar joylardagi maktabgacha ta’lim muassasalarida ham davom etdi. Bugun,  tumanimizdagi bir qator maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ochilish marosimlari bo‘lib o‘tdi.












Dastlabki tadbir Oqtepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘tkazildi. Qirg‘izobod qishlog‘idagi bolalar bog‘chasi 2018 yildan tumandagi 24-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti filial binosi sifatida moslashtirilgan binoda, 25 nafar bolani tarbiyalash uchun tashkil etilgan edi. 2020 yilda 25-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti maqomi berilib, 50 nafar bolani qamrab olgan ushbu ta’lim tashkilotiga 4 mlrd 653 ming so‘m mablag‘ evaziga 120 o‘ringa mo‘ljallangan yangi zamonaviy bino qurildi va bugun foydalanishga topshirildi.

Bundan tashqari tadbirkorlar tomonidan 4 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotilari ham tashkil etildi. 















Quvirboshi mahalla fuqarolar yig‘ini hududida xususiy tadbirkor Farrux Toshtemirov tomonidan 50 o‘rinli, Solijonobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida Qudrat Mamarasulov tomonidan 50 o‘rinli, Karnaychi mahalla fuqarolar yig‘ini hududida Gulbahor Mamajonova tomonidan 25 o‘rinli va Halqobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida Iroda Mo‘minova tomonidan 50 o‘rinli Oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkillandi.

Bugun ushbu bolalar bog‘chalarining ochilish marosimlari bo‘lib o‘tdi. Tadbirlarda tuman hokimi Ilyosbek Novikov va sektor rahbarlari, mas’ul idoralarning rahbarlari, mahallalardagi nuroniylar va faollar ishtirok etishdi.

Tadbirlar davomida sevinchi cheksiz bolajonlar tomonidan vatanni madh etuvchi she’r, qo‘shiq va quvnoq raqslar ijro etildi.

Yuqoridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etilishi hisobiga 225 nafar qo‘shimcha ravishda 3-7 yoshli bolalar qamrab olindi va yangi ish o‘rinlari yaratildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram