Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TURKIYA CHARM-POYABZAL UYUSHMASI HAMDA INVESTORLARI BILAN HAMKORLIK YO‘LGA QO‘YILMOQDA

×

 2022-08-31 08:38:46    160

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimligi hamda charm-poyabzal ishlab chiqaruvchi tadbirkorlardan tashkil topgan delegatsiya yaqinda Turkiya Respublikasiga o‘z tashriflarini amalga oshirdi. Ushbu safar taassurotlari haqida Qo‘shtepa tumani hokimining o‘rinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Rustamjon Poziljonov biz bilan hamsuhbat bo‘ldi.

- Delegatsiyaning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadlari 2021 yilda Turkiya Respublikasi iqtisodiyotida charm-poyabzal ishlab chiqarish va eksport qilish hajmi 4,2 mlrd dollar ulushga ega bo‘lganligi sabablarini o‘rganish, Turkiyadan charm-poyabzal sanoat zonalarini faoliyatini o‘rganib, ularning tajribasini viloyatga tadbiq etish va ushbu sohaga yuqori tajribali mutaxassislarni taklif qilgan holda hamkorlikda ishlash, tumanda tashkil etilayotgan “Charm-poyabzal savdo markazi”ga Turkiya charm-poyabzal uyushmasi hamda investorlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yishdan iborat edi.

Delegatsiya a’zolarining tashrifi 22 avgust dushanba kunidan boshlandi va shu kunning o‘zida “Aykosan” sanoat zonasiga tashrif buyurildi. Ushbu sanoat zonasi 2 ta alohida qismlardan iborat bo‘lib,

biri 1985 yilda ikkinchisi esa 2010 yilda qurib bitkazilgan. Jami yer maydoni 33 gektardan iborat. Har bir tadbirkor uchun 3 hamda 4 qavatli binolardan 400-500 kv metr maydonlar ajratilgan. Binoning yer to‘la qismida omborxona, birinchi qavatida “SHowroom”, ikkinchi va uchinchi qavatlarida homashyodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan ishlab chiqarish jarayoni amalga oshirilsa, to‘rtinchi qavatida esa ishchilar uchun maxsus xonalar joylashgan ekan.

Sanoat zonada joylashgan yirik charm-poyabzal ishlab chiqaruvchi “Bayhan” korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdik. Ushbu korxona

30 yillik faoliyatga ega bo‘lib, bugungi kunda terining barcha turlarini qayta ishlash quvvatiga ega ekanligi va ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan fikr almashildi. 





Bundan tashqari sanoat zonasida joylashgan o‘zini brendiga ega bo‘lgan yana bir yirik ishlab chiqaruvchi “Impero shoes” korxonasinig erkaklar va ayollar oyoq kiyimlari ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdik. Korxonaning “SHowroom”ida esa muzokaralar olib borildi. Korxona faoliyati davomida ishlab chiqarishda va mahsulotni ichki hamda tashqi bozorlarga sotishda asosiy bosqichlari narx va sifat borasida tajriba almashildi.

Shuningdek, 1995 yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Osaka only” bolalar va ayollar uchun mo‘ljallangan oyoq kiyimlari ishlab chiqaruvchi korxonaning ish boshqaruvchisi Xitoy davlati fuqarosi Linda Dai hamrohligida korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari hamda qaysi turdagi dastgohlardan foydalanish yuqori samaradorlik berishi bo‘yicha tajriba almashildi. Muzokaralar davomida Linda Dai xonimga tumanda yangi tashkil etilayotgan charm-poyabzal sanoat zonasi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi hamda Linda Dai tomonidan ushbu sanoat zonasiga qiziqish bildirildi.

Shu bilan birga, Farg‘ona viloyati va tumanlarida xar qanday davlat bilan ikki tomonlama manfaatli bo‘ladigan investitsiya loyihalarini qonun doirasida amalga oshirishga ruxsat etilganligi hamda tadbirkorlar va investorlar uchun barcha zaruriy imtiyozlar berilayotganligi bildirildi.

Linda Dai esa Xitoy davlatida charm-poyabzal ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori salohiyatli sarmoyador sherigi borligini hamda kelajakda Farg‘ona viloyatida bolalar va kattalar uchun mo‘ljallangan oyoq kiyimlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishi mumkinligini bildirib, Xitoy davlatidagi charm-poyabzal ishlab chiqaruvchi tajribali tadbirkor bilan aloqalar o‘rnatish uchun amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Sanoat zonalaridan tashqari, ishlab chiqarishi va eksporti asosan YEvropa davlatlariga mo‘ljallangan Turkiyaning eng yirik brendlaridan biri “Ceyo” korxonasi bilan bilan yaqindan tanishildi. Ushbu korxonada bugungi kunda 400 nafar malakali ishchi xodim hamda mutaxassislardan tashkil topgan katta jamoaga ega ekanligi delegatsiya a’zolarida katta taassurot qoldirdi. Asosan YEvropa va dunyoning boshqa rivojlangan davlatlariga poyabzal mahsulotlari eksportini yo‘lga qo‘ygan ushbu korxona rahbarining o‘rinbosari Naki Kolsuz tomonidan korxonaning

60 yillik tajribasi, erishilgan yutuqlari, hozirda qaysi dastgohlardan foydalanishi va dunyo bozorlariga chiqish to‘g‘risida o‘z tajribalaridan kelib chiqib ko‘rsatmalar berildi hamda kelgusida hamkorlikda ishlashga kelishildi.

Tashrif davomida Istanbul yaqinida joylashgan Ikitelli hududidagi “Dersankoop Sanayi” sanoat zonasiga ham tashrif buyurilib, 300 nafar ishchi xodimga ega bo‘lgan “Stroll” erkaklar va ayollar oyoq kiyimi ishlab chiqaruvchi korxonada ham bo‘ldik. Korxona rahbari Ali Yamak delegatsiya a’zolarini 20 yillik korxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. Korxona mahsulotlarining sifati va chidamliligini eng mashhur brendlardan biri “Adidas” bilan hamkorlikda ish olib borayotganligidan va ushbu saviya, salohiyatga erishish bo‘yicha korxona mutasaddilaridan yetarli ma’lumotlar olindi. Kelajakda yuqori daromadli investitsion loyiha takliflari bo‘lsa hamkorlikda ishlash bo‘yicha kelishildi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari tomonidan ham hamkorlikda ishlash, tajriba almashish, ishlab chiqarish jarayonlarini zamonaviy texnikalar bilan boyitish yuzasidan bir qator takliflar berildi. Jumladan, qo‘shni Kirg‘iziston, Tojikiston hamda Afg‘oniston davlatlariga charm-poyabzal mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanuvchi “Kamron poyabzal” MChJ rahbari X.Xoshimov turkiyalik tadbirkorlardan bir qancha yangi oyoq kiyimlarni ishlab chiqarish qoliblari (padoj) quydirib olindi va kelgusida hamkorlikda ishlashga kelishildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram