Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUSTAQILLIK BEBAHO NE’MAT

×

 2022-08-30 17:42:23    152

PDF yuklash
Chop etish



Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz

 Dillarda bayram shukuhi

Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yillik bayrami munosabati bilan Qo‘shtepa tumanida bayram tadbirlari davom etmoqda. Ushbu shodiyona tumanimizda “Yangi O’zbekistonda el, aziz inson aziz” shiori ostida ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilmoqda.

Bugun, Xo‘jaqishloq mahallasidagi 40 DMTTda tuman Kengashi deputati Dilrabo Uzaqovaning tashabusi bilan bolajonlar uchun “Yangi O’zbekistonda el, aziz inson aziz” shiori ostida bayram tabdiri tashkil etildi.

Tadbir davomida bolajonlar tomonidan vatanni madh etuvchi she’r va qo‘shiqlar ijro etildi.

32- DMTTda o‘tkazilgan tadbir ham bolajonlar uchun chin ma’noda g‘urur va iftixor bayramiga aylandi. Tadbir davomida tarbiyalanuvchilar tomonidan milliy qo‘shiqlar mahorat bilan kuylandi, raqslar ijro etildi.

Qo‘shtepa tumani axborot-kutubxona markazida tumanimizda yashab ijod qilayotgan shoir Abdulla Sulaymon bilan ijodiy uchrashuv kechasi hamda Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida adabiy musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Kecha davomida shoirning nashrdan chiqqan yangi “Ilhomchimsan, betakror diyor” nomli kitobi taqdimoti o‘tkazildi.

Tadbir davomida faol kitobxonlar tomonidan she’r va raqslar ijro etildi. Faol kitobxonlar hamda “Yosh musavvirlar” to‘garagining faol a’zolari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Shoir ham o‘z navbatida yangi kitoblarini kutubxonaga sovg‘a qildi.

Qo‘shtepa tumani Tibbiyot birlashmasida ham “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” egzu g‘oyasi asosida tadbir o‘tkazilib, tibbiyot birlashmasida faoliyat olib borayotgan kichik tibbiy xodimlar va boshqa texnik xizmatchilarga kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alari topshirildi.









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram