Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA YASHOVCHI FRONT ORTI FAXRIYLARI HAMDA YUZ YOSH BILAN YUZLASHGAN NURONIYLAR YO‘QLANDI (FOTO)  

×

 2022-08-30 16:32:34    102

PDF yuklash
Chop etish



Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz

Dillarda bayram shukuhi

Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yillik bayrami munosabati bilan Qo‘shtepa tumanida bayram tadbirlari davom etmoqda. Ushbu shodiyona tumanimizda “Yangi O’zbekistonda el, aziz inson aziz” shiori ostida ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilmoqda.

Bugun, tuman hokimi Ilyosbek Novikov, sektor rahbarlari, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi mutasaddilari tomonidan Qo‘shtepa tumanida yashovchi front orti faxriylari hamda yuz yosh bilan yuzlashgan nuroniylar yo‘qlandi.

Tuman rahbari Ilyosbek Novikov nuroniylarimizga Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov va viloyat nuroniylar kengashi raisi Zokirjon Rahmonovning mustaqillik bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Shuningdek, ularga oziq-ovqatlar jamlamasi hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Nuroniylarimiz el-u yurtga tinchlik-omonlik tilab qo‘llarini duoga ochdilar. Ular bugungi dorulomon kunlarimizga shukronalik keltirishib, yurtboshimizni ham duo qildilar.

— Inson qadri ulug‘ bo‘lgan yurtda yashayapmiz, — deydi mehnat faxriysi Abdullajon Xudoyberganov. — Yurttimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qilganimdan faxrlanaman. Bayram munosabati tuman rahbarlarimizning tashriflaridan juda mamnun bo‘ldim. Bunday xayrli tadbirlar kishiga ko‘tarinkilik bag‘ishlaydi.

Shuningdek, bugungi xayr-saxovat tadbiridan kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar ham chetda qolishmadi. Tuman hokimi va sektor rahbarlari ularning xonadonida bo‘lishib, ko‘ngil so‘rashdi, bayram sovg‘alari topshirishdi.

 





















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram