Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

#TASHABBUSLI_ BYUDJET

×

 2022-08-29 09:37:39    93

PDF yuklash
Chop etish



Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz

 

Dillarda bayram shukuhi

 

JARAYoN

 

G’ishtmon mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqarolar “Tashabbusli byudjet” loyihasida faol ishtirok etdilar. O’z hududiga befarq bo‘lmagan fidoyi insonlar bu jarayonda faol ishtirok etishib, tashviqotning qonun bilan taqiqlanmagan turli yo‘llaridan foydalandilar. Natijada G’ishtmon mahalla fuqarolar yig‘inining birgina o‘zida bugungi kunda “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan jami 3.383.400 ming so‘mlik qurilish ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyihaga ko‘ra, 1959.4 mln so‘m mablag‘lar hisobidan mahalladagi 7 ta ko‘chada 5763 metr asfaltlash ishlari amalga oshirildi. Xususan, Yangiariq ko‘chasida 1100 metr, Bunyodkor ko‘chasidan 1491 metr, Ma’naviyat ko‘chasida 500 metr, Badish ko‘chasida 457 metr, Ohang ko‘chasida 950 metr, Ibn Sino ko‘chasida 625 metr, Nafosat ko‘chasining 640 metr qismida asfaltlashtirish ishlari yakuniga yetkazilmoqda. 

Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 600.0 mln so‘m mablag‘lar hisobidan Ohang ko‘chasida 1 dona suv qudug‘i qazish, suv minorasi, suv nasosi, transformator o‘rnatish, atrofini o‘rash hamda unga 400 metr 10 kV kuchlanishli elektr liniyasini tortish ishlari ham boshlanish arafasida turibdi.

Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida esa 202.0 mln so‘m mablag‘lar hisobidan Ma’naviyat ko‘chasida 1 dona 160kVa transformator, 1300 metr 0.4 kv, 200 metr 6-10kv tarmoq tortilib, 35 dona tayanchlar o‘rnatildi. Badish ko‘chasida 1 dona 250 kVa transformator o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

 






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram