Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
BAYRAM TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
2022-08-29 08:38:38 161
Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz
Dillarda bayram shukuhi
Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yillik bayrami munosabati bilan Qo‘shtepa tumanida bayram tadbirlari davom etmoqda. Ushbu shodiyona tumanimizdagi barcha mahallalarda “Yangi O’zbekistonda el, aziz inson aziz” shiori ostida ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilmoqda.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shtepa tumani bo‘linmasi rahbari D.G’aniyev, Bolalarni himoya qilish sho‘basi mudiri Q.Sotvoldiyev hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qo‘shtepa tumani bo‘linmasining mas’ul xodimi N.Dehqonovalar Vatan mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Mustaqil oilam kelajagim poydevori” nomli bolalar uyida bo‘lishdi. Bayram munosabati bilan bolajonlarga kitoblar jamlanmasi hamda o‘quv qurollari to‘plami topshirildi.