Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

PAXTA YIG‘IM-TERIMI MAVSUMINI UYUSHQOQLIK BILAN TASHKIL ETISHGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

×

 2022-08-27 18:46:05    120

PDF yuklash
Chop etish



Bugun, Qo‘shtepa tumanida paxta yig‘im-terimi mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, shuningdek, mavjud fermer xo‘jaliklari rahbarlari, tegishli mas’ul idoralarning rahbarlari va mahallalardagi faol ayollar qatnashdilar.

Paxta terimi oldidan defoliatsiyalash ishlarini amalga oshirish, joriy yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish, yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmasdan o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib-terib olish, shuningdek g‘alla ekishni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminarda iiloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Muhiddin Jo‘rayevlar ishtirok etishdi.

Seminar davomida defoliatsiya qilish, terim mavsumini to‘g‘ri tashkil qilish, kelgusi yil uchun g‘alla ekish ishlarini tashkil qilish ekanligiga e’tibor qaratildi. Paxta yig‘im-terimiga kirishish oldidagi so‘nggi agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri amalga oshirish, g‘o‘za maydonlarini defoliatsiyalashni g‘o‘zaning biologik yetilganligiga qarab o‘z muddatida va sifatli o‘tkazish, qo‘llaniladigan defoliantlarni to‘g‘ri tanlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Qo‘shtepa tumanida bu yil ham paxta yig‘im-terimiga puxta tayyorgarlik ko‘rilib, transport va traktorlar shay xolatga keltirildi. Qolaversa,  yopinchiq, etak, tarozi, qozon-o‘choq, samovor, suv saqlash boklar ham mavsumga tayyorlab qo‘yildi. Tashkil etilgan otryad rahbarlariga 2 million so‘mdan pul mablag‘lari berilmoqda.

Tadbirdan so‘ng Qur’on tilovat qilinib, jonliq so‘yildi. Yurtimizga tinchlik-omonlik, dehqonchiliklarga baraka tilanib, duo qilindi. Shundan so‘ng tumanimizdagi “Xo‘ja baror azizlar” ziyoratgohida mavsum oldidan bir piyola choy ustida bayram tadbiri tashkil etildi.

 












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram