Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
BAYRAM TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
2022-08-26 21:05:11 179
Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz
Dillarda bayram shukuhi
Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yillik bayrami munosabati bilan tumanimizdagi barcha hududlarda tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
Baland masjid mahalla fuqarolar yig‘inida ham “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi. Unda mahallaning nuroniy onaxonlari, faol qaynona va kelinlar, shuningdek, beg‘ubor bolajonlar ishtirok etishdi.
Kechki oqshomda tashkil etilgan tadbir mahalla ahliga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Yosh-u qari birdek madaniy hordiq chiqardilar.