Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI MAHALLA BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2022-08-26 15:37:45    129

PDF yuklash
Chop etish



Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz

Mustaqillik bayramiga munosib tuhfa

Mamlakatimizning har go‘shasida bo‘lgani kabi tumanimizda ham barcha sohalarda islohotlar amalga oshirilib, barqaror rivojlanish kuzatilmoqda. Xususan, tumanimizda ko‘plab bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.

Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yillik bayrami munosabati bilan joylarda tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Sarmozor mahallasida bo‘lib o‘tgan tadbir mahalla ahli uchun chinakam bayramga aylandi. Sababi, davlat sherikchiligi asosida qurib bitkazilgan mahalla fuqarolar yig‘ini binosi aynan bugun foydalanishga topshirildi. Qurilish ishlari ushbu mahallada yashovchi hunarmand tadbirkor X.Karimov tomonidan olib borildi.

Tadbirda tuman hokimi I.Novikov, sektor rahbarlari, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i B.Xoliqov, viloyat hokimining maslahatchisi S.Tongotarova, tumandagi mas’ul idoralarning rahbarlari, mahalla nuroniylari hamda faollari ishtirok etishdi.

Yangi qurib bitkazilgan mahalla fuqarolar yig‘ini binosida mahalla raisi, xotin-qizlar faoli, hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi, shuningdek, profilaktika inspektoriga alohida xona mavjud va yangi mebel jihozlari bilan ta’minlangan.

Mahalla jamoat fondi tomonidan esa mahallaga yangi mebellar jamlanmasi topshirildi.

Mehmonlar mahalla idorasida xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Nuroniylarimiz ulug‘ kunlarda el-u yurtga tinchlik osoyishtalik tilab duoga qul ochdilar.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 fevraldagi 61-sonli qarori talablari asosida, Sarmozor mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Ayollar daftari” ga ro‘yxatga olingan xotin-qizlarga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining Farg‘ona hududiy bo‘linmasi tomonidan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi, imlo qoidalari va davlat tilida ish yuritishni o‘rganish bo‘yicha bepul o‘quv kurslari tashkil etilgan edi. O’quv kurslari markaz o‘qituvchilari tomonidan bir oy mobaynida amalga oshirildi. Ushbu o‘quv kursini tamomlangan 20 nafar tinglovchilarga ushbu sertifikatlar va esdalik sovg‘alari ham topshirildi.

 














Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram