Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KO‘RIK TANLOVNING TUMAN BOSQICHI G‘OLIBLARI ANIQLANDI
2022-08-26 14:49:03 205
Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz
Qo‘shtepa tumanida “O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi” bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan bayram tadbirlari davom etmoqda.
Bugun, “Shodlik” tadbirlar uyida o‘tkazilgan tadbir ham o‘zgacha ruhda ko‘tarinki kayfiyatda, bir piyola choy ustida tashkillandi.
Bayram tadbirida tuman hokimi Ilyosbek Novikov, sektor rahbarlari, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i B.Xoliqov, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi viloyat Kengashi vakillari, hokim o‘rinbosarlari, xotin-qizlar bo‘limi, tegishli idoralarning mas’ul xodimlari, shuningdek, nuroniy otaxon va onaxonlar, mehnat faxriylari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari hamda profilaktika inspektorlari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olgan tuman hokimi Ilyosbek Novikov barchani mustaqilligimizning 31 yilligi bayrami bilan muborakbod etib, mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.
Tadbir davomida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan xotin-qizlar muammolarini tizimli hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlarida faol, jonkuyar xodimlarni taqdirlash maqsadida tashkil etilgan “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli”, “Eng yaxshi mahalla raisi”, “Eng yaxshi hokim yordamchisi”, “Eng yaxshi yoshlar yetakchisi”, “Eng namunali ish beruvchi ayol”, “Eng yaxshi profilaktika inspektori” Respublika ko‘rik tanlovining tuman bosqichi g‘oliblari taqdirlandilar.
“Eng yaxshi xotin-qizlar faoli” – “Shomirza” mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli Dilfuza Shokirova, “Eng yaxshi mahalla raisi” – Eshonguzar mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Davronbek Isaqov, “Eng yaxshi hokim yordamchisi” – “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi Davron Hamroliyev, “Eng yaxshi yoshlar yetakchisi” – “Yo‘ldoshobod” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi Elmurodjon Abduxamidov, “Eng namunali ish beruvchi ayol” – “Halqobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi yakka tartibdagi tadbirkor Komilaxon Qodirovalar tuman bosqichida birinchi o‘rinni egallab, viloyat bosqichiga yo‘llanma oldilar.
Bundan tashqari “Eng yaxshi profilaktika inspektori” tanlovida “Paxtakor” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat olib boruvchi Baxtiyor Yo‘ldashev g‘olib deb topildi.
Tadbirda O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi viloyat Kengashi Madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo‘limi boshlig‘i G’anisher Payziyev ham so‘z olib, Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan barcha ishtirokchilarni hamda tanlov g‘oliblarini qizg‘in muborakbod etdi.
Fayzli o‘tgan bayram tadbirida tuman madaniyat bo‘limi xodimlari o‘zlarining musiqali chiqishlari bilan mehmonlarga xush kayfiyat ulashdilar.