Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 68 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“LOYSON GUZARI” MARKAZI O‘Z FAOLIYATINI BOSHLADI

×

 2022-08-25 22:59:15    154

PDF yuklash
Chop etish



Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz

 Mustaqillik bayramiga munosib tuhfa

Davlatimiz mustaqilligining 31 yilligi arafasida Loyson mahalla fuqarolar yig‘inida “Loyson guzari” markazi o‘z faoliyatini boshladi.

Ushbu mahallada yashovchi tadbirkor Bexzodjon Olimovning harakati bilan bugun ish boshlagan xizmat ko‘rsatish shaxobchasi qoshida 8 ta fanga yo‘naltirilgan o‘quv markazi hamda dorixona, qurilish mollari do‘koni faoliyat yuritadi.

“Loyson guzari” markazi qoshida mahalla ahli uchun xizmat qiladigan loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirganmiz, – deydi biz bilan bo‘lgan suhbatda tadbirkor Bexzodjon Olimov. – Markazimizda yangi 8 ta ish o‘rni yaratildi. Albatta bu boshlanishi, keyinchalik faoliyatimizni yana kengaytirib, hamqishloqlarimiz uchun xizmat qilamiz.

Markazning ochilish marosimi Loysonliklar uchun chinakam bayramga aylanib ketdi. Tadbirkor Bexzodjon Olimovning padari buzrukvori Turdali aka Obidov ko‘p yillardan buyon Qo‘shtepa tumanida mas’uliyatli lavozimlarda ishlab kelmoqda. Bugun, bu inson 60 yoshni qarshiladi. Qutlug‘ sana munosabati bilan qarishdosh-urug‘lar, do‘st-u birodarlar va mahalla ahli bir piyola choy ustida jamul-jam bo‘lishib, qo‘shaloq tadbirni ko‘tarinki kayfiyatda nishonladilar. Ularga mahalla beshligi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram