Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 67 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BIRGA YASHASH SODATI

×

 2022-08-25 22:24:48    99

PDF yuklash
Chop etish



#Inson_qadri_uchun

Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz

Qo‘shtepa tumanida “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” ezgu g‘oyasini o‘zida mujassam etgan mustaqilligimizning 31 yilligi bayrami tantanalari davom etmoqda.

Bugun, mahallalarda eng ulug‘, eng aziz ayyom oldidan 50 yil va undan ziyod vaqt birga turmush kechirib, oila atalmish qo‘rg‘onni muqaddas sanagan, sof tuyg‘ulari turmush mashaqqatlarida toblangan va bugungi kunda birga umrguzaronlik qilayotgan mo‘’tabar otaxon va onaxonlar uchun «Birga yashash saodati» deb nomlangan tadbirlar tashkil qilindi.

Tuman hokimi Ilyosbek Novikov va sektor rahbarlari uzoq yillar davomidagi samarali mehnatlari bilan yurt rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan, bugungi kunda keksalik gashtini surib yosh avlod ta’lim-tarbiyasida mahalladoshlariga qanot bo‘layotgan Soybo‘yi mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Abdullajon ota Xudoyberganov va To‘paxon aya Karimova, Qorajiyda mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Rustamjon ota va Tojixon aya Umarqulovalarning xonadonida bo‘lishib, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatdilar.

Tuman hokimi Ilyosbek Novikov uzoq yillar birga hayot kechirgan Abdullajon ota Xudoyberganov va To‘paxon aya Karimova, Rustamjon ota va Tojixon aya Umarqulovalar juftligi nafaqat Qo‘shtepada, balki viloyatimizdagi eng namunali oilalardan hisoblanishini alohida ta’kidladi.

Ushbu tadbirda mas’ul idoralar hamda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, «Mahalla» xayriya jamoat fondi tuman bo‘limlari vakillari ham ishtirok etishdi.

Keksalik gashtini surayotgan va uzoq vaqt umrguzaronlik qilib kelayotgan nuroniylarga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

«Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz» g‘oyasini o‘zida mujassamlashtirgan bu singari tadbirlar tumanimizning barcha hududlarida bo‘lib o‘tmoqda.









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram