Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUSTAQILLIK SHODIYONASI QO’SHTEPADA KENG NISHONLANDI

×

 2022-08-25 22:06:03    101

PDF yuklash
Chop etish



Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz

Bugungi kunda mamlakatimizning turli hududlarida “O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi” bayramiga bag‘ishlab bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Qo‘shtepa tumanidagi “Madaniyat markazi”da mamlakatimiz bo‘ylab “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida keng nishonlanayotgan O’zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O’zbekiston Respublikasi madhiyasi ijrosi bilan boshlandi.

Madhiya ijrosidan so‘ng bayramni Qo‘shtepa tumani hokimi Ilyosbek Novikov kirish so‘zi bilan ochdi. Ilyosbek Novikov tadbir ishtirokchilarini va tuman ahlini mustaqillik bayrami bilan qizg‘in tabrikladi.

Shundan so‘ng tadbir stsenariysidan o‘rin olgan turli chiqishlar, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Bayram tadbirida tuman Madaniyat bo‘limi xonandalari, tuman maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, shuningdek, yurtimizning taniqli san’atkorlari O’zbekiston xalq xofizi Ilxom Ibroximov, Nuriddin Asqarov va mahalliy estrada xonandalari ishtirok etishib, o‘zlarining kuy-qo‘shiqlari bilan xushnud etishdi. Bayramona kayfiyatdagi tumanimiz aholisi ushbu jozibador kuy-qo‘shiqlarga raqsga tushib, madaniy xordiq chiqardilar. 






























Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram