Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
PRESS-TUR: “MAKTABGACHA TA’LIM SIFATI: JORIY HOLAT VA ISTIQBOLDAGI VAZIFALAR” MAVZUSIDA
2022-08-22 16:33:15 197
Bugun, Qo‘shtepa tumanidagi “Istiqlol” madaniyat uyida tuman maktabgacha ta’lim bo‘limining “Yangi O’zbekiston el aziz, inson aziz” shiori ostidagi an’anaviy avgust anjumani o‘tkazildi. Anjuman doirasida tuman MTB va Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati tomonidan hamkorlikda “Maktabgacha ta’lim sifati: joriy holat va istiqboldagi vazifalar” mavzusidagi press-tur ham tashkil etildi. Unda viloyatimizda faoliyat olib borayotgan OAV vakillari, blogerlar va “Ruxsor” teleradiokanalining ijodiy xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda tuman hokimi I.Novikov, sektor rahbarlari hamda boshqa hamkor tashkilot va’killari, shuningdek, tumandagi barcha davat, davlat – xususiy sheriklik asosidagi va oilaviy MTTlarning rahbar-xodimlari ham qatnashdilar.
Ishtirokchilar tadbir davomida Maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan 2021 – 2022 o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va 2022 – 2023 o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar bilan tanishdilar.