Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPA TUMANI MAKTABGACHA TA’LIM BO‘LIMINING AN’ANAVIY AVGUST KENGASHI O‘TKAZILDI
2022-08-22 16:31:33 489
Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz
Bugun “Istiqlol” madaniyat uyida Qo‘shtepa tumani maktabgacha ta’lim bo‘limining “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida, “Maktabgacha ta’lim sifati: joriy holat va istiqboldagi vazifalar” mavzusidagi an’anaviy avgust anjumani o‘tkazildi. Anjumanda tuman hokimi I.Novikov, sektor rahbarlari hamda boshqa hamkor tashkilot va’killari, tumandagi barcha MTTlarining rahbar-xodimlari, shuningdek, viloyatimizda faoliyat olib borayotgan OAV xodimlari va blogerlar ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olgan tuman hokimi I.Novikov ushbu kunga qadar sohada erishilgan g‘alabalar, xususan, MTTlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor natijasida ularning soni sezilarli darajada ortganligi va qamrovning tobora kengayib borayotganligiga to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng, sohaning bir qator fidoiy zahmatkashlariga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Anjuman tarbiyalanuvchilarning bir-biridan ajoyib chiqishlari bilan davom etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i I.Maxmudova va boshqalar bu sohada amalga oshiralayotgan islohotlarga, shuningdek, kelgusi talab va takliflarga ham to‘xtalib o‘tishdi.
Tadbirning ikkinchi qismi “Sharqona” tadbirlar majmuasida bir piyola choy ustida, bayramona kayfiyatda davom etdi.