Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIGA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI VA MATBUOT ANJUMANI BO‘LIB O‘TDI 

×

 2022-08-19 15:04:46    111

PDF yuklash
Chop etish



Bugun, Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati tomonidan viloyatimizda faoliyat olib borayotgan OAV vakillari hamda blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.

So‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim davlat ta’lim tizimining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanib, har bir bola uchun maktabgacha ta’lim va tarbiya olish imkoniyatini yaratish, bolada ilmga ishtiyoqni oshirish, jismoniy va aqliy faoliyatini rivojlantirishda tenglikni ta’minlash ishlariga milliy taraqqiyotimizning ustuvor omili sifatida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, Qo‘shtepa tumanida ham so‘nggi yillarda sohada qamrov jihatidan misli ko‘rilmagan natijalarga erishilganini kuzatish mumkin. Misol uchun, tumanda davlat va nodavlat MTTlari soni bugungi kunga kelib, 164 taga yetdi. Mavjud MTTda bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘n ikki mingdan ziyodi ta’lim-tarbiya olmoqda.

Press-tur ishtirokchilari tumandagi “Stellar Ziyoda” oilaviy nodavlat va 18-MTTlariga tashrif buyurishib, bu yerda amalga oshirilgan islohotlar samaralarini o‘z ko‘zalari bilan ko‘rdilar. Shuningdek, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va mashg‘ulot jarayonlari bilan ham bevosita tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Shundan so‘ng tuman hokimi I.Novikov ishtirokida “Qo‘shtepa tumani hududlarida “mahallabay” ishlash tizimi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida tuman rahbari I.Novikov bu borada amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil ma’lumot oldilar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram