Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH ENG DOLZARB MASALA
2022-08-18 13:45:20 210
Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz
Qo‘shtepa tumanida xotin-qizlar bandligini oshirish, ularni daromad manbai bilan ta’minlash masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda mavjud har bir mahallada xotin-qizlar bandligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Yangi do‘kon mahalla fuqarolar yig‘inida ham xotin-qizlar bandligini ta’minlash eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi. Mahalladagi xotin-qizlar faoli Adolatxon Akramovaning tashabbusi bilan 10 nafar “Ayollar daftari”dagi hamda 16 nafar tikuvchilik va do‘ppichilik hunarini o‘rganish istagini bildirgan opa-singillarimiz uchun o‘quv kursi tashkil etildi. 12 kun davom etgan mashg‘ulotlar viloyat xotin-qizlar tadbirkolik markazi tomonidan olib borilib, ayollarning malakalari oshirildi.
Yangi do‘kon mahallasida "Yangi O’zbekistonda el aziz inson aziz" shiori ostida bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida kursni tamomlagan 26 nafar xotin-qizlarga serfikatlar berildi. Endi bu opa-singillarimiz uy sharoitida kasanachilik asosida o‘z faoliyatlarini davom ettirib, daromadga ega bo‘ladilar.
Bir piyola choy ustida tashkil etilgan bayram tadbirida viloyat xotin-qizlar tadbirkolik markazining mas’ul xodimi M.Xusanova, tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Olimova, shuningdek, mahallalarning xotin-qizlar faolari, nuroniy onaxonlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida barcha ishtirokchilarga xomiylarning esdalik sovg‘alari berildi.