Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MUROJAATLAR IJOBIY YECHIM TOPMOQDA
2022-08-17 17:03:08 125
Bugun, Qo‘shtepa tuman prokurori, 2-sektor rahbari Farxodjon Ismoilovning Qoraqushchi mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi.
Unda 20 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, shundan ishga joylashtirish va subsidiya asosida tikuv mashinasi olib berilishida amaliy yordam ko‘rsatishga doir 4 ta murojaat ijobiy hal qilindi.
Misol uchun, Qoraqushchi MFY, Turon ko‘chasida yashovchi fuqaro Sanobarxon Toirovaning subsidiya asosida tikuv mashinasi olish haqidagi murojaati shu kunni o‘zida ko‘rib chiqilib, homiylik mablag‘lari hisobidan unga bepul tikuv mashinasi olib berilishi ta’minlandi.