Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MUSTAQILLIK BAYRAMIGA MUNOSIB TUHFA
2022-08-17 15:31:28 187
Yangi loyihalar – yangi ish o‘rinlari
Bizni uzog‘imizni yaqin qiladigan eng yaxshi ko‘makchimiz bu avtomobillardir. Bugungi kunda ularning soni ancha ortgan. Shuningdek, ba’zan “erkalik” qilib qolsa, bir zumda usta qidirib qolamiz. Qo‘shtepa tumani Qiyqi mahallasida yashovchi tadbirkor Maqsudxon Ergashev bugungi zamon talabidan kelib chiqib Qiyqi mahallasida barcha qulayliklarga ega aholiga maishiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish loyihasini amalga oshirdi.
Umumiy qiymati 1 240 mln.so‘m bo‘lgan loyiha evaziga 18 ta ishchi o‘rni yaratildi. Hozirda “G’ishtmon Fayz Invest” MChJ tomonidan avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Qolaversa bu yerda avtomobil ehtiyot qismlari bilan savdo qiluvchi do‘kon ham faoliyat olib bormoqda.
Bugungi zamon talabiga mos ravishda faoliyat olib borayotgan avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish markazidan mahalla odamlari juda mamnun bo‘lishmoqda. Chunki, bu markaz xodimlari xalq uchun hamisha xizmatda.