Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 91 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SARHISOB: TAHLIL, TANQID VA NATIJALAR

×

 2022-08-16 13:41:56    88

PDF yuklash
Chop etish



Bugun, Qo‘shtepa tumani hokimligining majlislar zalida Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 





Unda tuman hokimi I.Novikov hamda sektor rahbarlari, DXX Marg‘ilon shahar va tumanlararo bo‘limining mas’ul xodimi V.Kamolov, tuman hokimining o‘rinbosari A.Yusupov, shuningdek, yoshlar masalalariga taalluqli bo‘lgan tashkilot va korxona rahbarlari, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limining mas’ul xodimlari hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda “Yoshlar daftari” bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda jamg‘arma mablag‘larining sarflanishi, mahallalarda 14-16, 14-30 yoshlarni elektron palatformaga kiritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar tomonidan joriy yilning olti oyi davomida sodir etilgan jinoyatlar tahlili hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.





Yuqoridagi masalalar yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Sh.Raxmonberdiyev, tuman IIB Voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i X.Qodirov, DXX Marg‘ilon shahar va tumanlararo bo‘limining mas’ul xodimi V.Kamolovlar tomonidan yig‘ilganlarga atroflicha ma’lumot berildi.

– Joriy yilda jami 1095 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo‘lib, sektor rahbarlari tomonidan ko‘rsatilgan amaliy yordamlar natijasida 941 nafar yoshlarga yordam ko‘rsatildi, – deydi Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Sh.Raxmonberdiyev. – Bugungi kunda jami 154 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”da qolmoqda.

Xususan, mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilarining tavsiya xatlariga asosan 2022 yil avgust oyi holatiga 393 nafar yoshlarga jami 1 mlrd. 130 mln. so‘mlik “Yoshlar jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatildi.

Ushbu mablag‘lar sektorlar kesimida tahlil qilinganida, 1-sektorda 119 nafar yoshlarga 321 mln.837 ming.so‘m, 2-sektorda 88 nafar yoshlarga 256 mln. 786 ming.so‘m, 3-sektorda 99 nafar yoshlarga 299 mln. 928 ming.so‘m, 4-sektorda 87 nafar yoshlarga 251 mln. 949 ming.so‘m mablag‘lar ajratilgan. – Sh.Raxmonberdiyev o‘z hisobotida tumanda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.

Yig‘ilish davomida tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari ham yuqoridagi masalalar yuzasidan o‘zlarining tahliliy-tanqidiy fikrlarini bildirib o‘tishdi. Shuningdek, ko‘rilgan barcha masalalar atroflicha muhokama qilinib, kulgusidagi vazifalar belgilab olindi. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram